
Kimyoviy ishlab chiqarish jihozlari operatori
Kimyoviy ishlab chiqarish jihozlari chilangari kasbi doirasida beriladigan kvalifikatsiyalar:Kimyoviy ishlab chiqarish jihozlari operatori Umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik.
Kamida umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o’qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardan birortasini muvaffaqqiyatli o’zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o’zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o’zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari.
Kimyoviy ishlab chiqarish jihozlari chilangari kasbi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida:
kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o’quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi;
kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o’qishni davom ettirishi mumkin.
O’qishga qabul shartlari.
O’qishga qabul shartlari amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyati tavsifi
Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi: barcha turdagi bino va inshootlarni qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda mustahkamlash, beton va tosh terish hamda elektr payvandlash ishlarini mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilgan holda bajarish.
Bitiruvchining kasbiy faoliyat ob’ektlari:
Kimyoviy ishlab chiqarish jihozlari operatori kvalifikatsiyasi bo’yicha:
- kimyoviy ishlab chiqarish mashina va jixozlari;
- yuqori xaroratli kimyoviy ishlab chiqarish ishlari;
- kimyoviy ishlab chiqarish jixozlari chilangarlik ishlari.
Kimyoviy ishlab chiqarish jihozlari chilangari kasbi bo’yicha ta’lim oluvchi qo’yidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi:
Kimyoviy ishlab chiqarish jihozlari operatori kvalifikatsiyasi bo’yicha: -kimyoviy ishlab chiqarish mashina va jixozlari operatori ishlarini bajarish;
-yuqori xaroratli kimyoviy ishlab chiqarish jixozlari sozlovchisi ishlarini bajarish;
-kimyoviy ishlab chiqarish jixozlari chilangar-mexanigi ishlarini bajarish;
-ish vazifalari va ishlatiladigan asboblar bilan ishlash.
Kimyoviy ishlab chiqarish jihozlari operatori kvalifikatsiyasi bo’yicha:
Kimyoviy ishlab chiqarish korxonasidagi ichki tartib-intizom, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha normativ hujjatlar bilan tanishish;
Sohalararo va soha standart talablarini bilish;
Kimyoviy mahsulot ishlab chiqarish texnologik loyihasi va ishlab chiqarish jarayoniga qo‘yilgan talablarni bilish;
Kimyoviy ishlab chiqarish qurilma va jihozlarni ishga tushirish;
Kimyoviy ishlab chiqarish qurilma va jihozlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish.
